Chirchiqda katta bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi
Chirchiq shahridagi «Kimyogarlar» madaniyat saroyida «Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!» shiori ostida katta bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali marosim ishtirokchilarini viloyat hokimi Shukurullo Boboyev eng ulug‘, eng aziz bayram bilan samimiy qutlar ekan, mamlakatning yirik sanoat markazlaridan bo‘lgan viloyatda Prezident tashabbusida tarixiy yangilanish jarayonlari kechayotgani, bu islohotlar pirovardida, obodlik va farovonlikning mustahkam asosi bo‘lib xizmat qilajagini ta'kidladi.
Sahna markazidagi ulkan monitorda erishayotgan yutuq va marralar, orzu umidlar ramzlari aks etgan lavhalar namoyishi ko‘ngillarga dilovorlik, shukuh va hayajon baxsh etdi. Viloyatning rasmiy ma'muriy markazi - obodlik va farovonlikning yangi manziliga aylanayotgan Nurafshon shahrining zamonaviy loyihasi ham namoyish etildi.
- Biz bugun shunday bir tarixiy jarayonlarni boshdan kechirayotganimiz bilan har qancha g‘ururlansak, iftixor qilsak arziydi, - deydi bayram tadbirida ishtirok etgan tadbirkorlardan biri, "Do‘stlik" ordeni nishondori Komiljon Qosimov. - Ne baxtki, muhtaram yurtboshimiz taklifi va tashabbuslari bilan Toshkent viloyati ham o‘zining ma'muriy markaziga ega bo‘ldi. Unga Nurafshon, deb nom berilgani, jannatmonand viloyatimizga Yaratganning nuri, barakasi yog‘ilganining bir daragi, bo‘lsa ajabmas. Bizning aziz go‘shamiz mamlakatimizning eng go‘zal, eng zamonaviy, eng taraqqiy etgan shaharlaridan biriga aylanishiga aslo shak-shubha yo‘q. Mana ko‘rasiz, bir-ikki yil ichida viloyatimiz qiyofasi tubdan o‘zgaradi, yangi, zamonaviy turar-joylar, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalarining ko‘p qavatli, salobatli binolari viloyat markaziga haqiqiy zamonaviy shahar tusini berib, odamlarimizning turmush farovonligi yanada oshadi, hayotimiz bundanda fayzli bo‘ladi.
Shu kuni katta bayram dasturida ishtirok etgan san'at ustalari, viloyat badiiy jamoalari va iqtidorli yoshlar, harbiylar va sportchilarning sahnaviy chiqishlarida, ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, sho‘x raqslarda, eng avvalo, xalqning ayni bugungi minnatdorlik va daxldorlik kayfiyati aks ettirilgani barchaga manzur bo‘ldi.
Shu kuni ayyom sharafiga bayram salyuti otildi.
Mavzuga oid
07:07 / 31.08.2024
Toshkentdagi qaysi istirohat bog‘larida bayram tadbirlari o‘tkazilishi aytildi
14:39 / 28.08.2024
Mustaqillik bayrami munosabati bilan sentabr oyi pensiyasi oldindan to‘lab beriladi
11:58 / 28.08.2024
Mustaqillik bayrami tadbirlarida xavfsizlikni ta’minlash uchun 30 mingdan ortiq xodim jalb etiladi
12:45 / 27.08.2024