Sport | 18:30 / 06.09.2017
27247
1 daqiqa o‘qiladi

Muxlislar Shahram G‘iyosovni jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topishdi

Foto: AIBA

Hamburgda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionati yakunlariga ko‘ra, Xalqaro boks federatsiyasi - AIBA eng yaxshi bokschini aniqlash bo‘yicha rasmiy tvitterida so‘rovnoma o‘tkazdi.

Turnirning eng yaxshi bokschisi bo‘lish uchun 4 nafar sportchi da'vogarlik qildi. So‘rovnomada Xulio Sezar la Kruz (Kuba), Oleksandr Kijniak (Ukraina) va Sofiane Ouminiha (Fransiya) qatorida 69 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilib, terma jamoaga yagona oltin medalni keltirgan  Shahram G‘iyosov ham da'vogarlik qilgandi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, unda qatnashgan muxlislarning yarmidan ko‘pi Shahram G‘iyosovni turnirning eng yaxshi bokschisi deb topishgan. So‘rovnomada mingga yaqin tvitter foydalanuvchisi ishtirok etgan.

Mavzuga oid