Fan-texnika | 20:10 / 07.09.2017
6405
3 daqiqa o‘qiladi

ICTWeek Uzbekistan 2017 tashkiliy qo‘mitasi AKT Haftaligida qatnashish uchun ko‘ngillilarni yig‘moqda

ICTWeek Uzbekistan 2017 tashkiliy qo‘mitasi Facebook’dagi sahifasida AKT Haftaligi tadbirlarida ko‘ngillilar sifatida tayyorgarlik ishlari va bevosita tadbirlarda ishtirok etish uchun ariza qabul qilish boshlanganini ma'lum qilgandi. Barcha xohlovchilar o‘z arizalarini 2017 yil 8 sentabridan kechiktirmay info@ictweek.uz elektron manziliga yuborishlari mumkin. Arizada ism, otasining ismi va familiyani, o‘qish yoki ish joyini ko‘rsatish, shuningdek, avval ko‘ngilli sifatida ommaviy tadbirlarda qatnashish bo‘yicha tajriba haqida ma'lumot berish va aloqa uchun raqamlar qoldirish talab etiladi. Batafsil ma'lumotni +998 95 144 04 40 telefon raqami orqali olish mumkin.

ICTEXPO 2017 ko‘rgazmasining barcha ishtirokchilari shakllantirildi. Joriy yilda ishtirokchilar tomonidan birinchi marta ikki pavilon maydoni qoplandi. Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Shveytsariya va boshqa davlatlardan kompaniyalar qatnashadi. Joriy yilda davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari, shuningdek, ijro hokimiyati organlari istisno tariqasida mahalliy kompaniyalar bilan AKT sohasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar imzolash imkoniyatini qo‘lga kiritishadi. 

Shuningdek, Haftalik tashkilotchilari 20-21 sentabr kunlari «O‘zekspomarkaz» MKMning ICTEXPO hamda ICTSUMMIT maydonchalari yonidagi anjumanlar zalida bo‘lib o‘tadigan ICTFORUM 2017 eshituvchilari sifatida qatnashish uchun arizalar qabul qilishni davom ettirishmoqda. Buning uchun ictweek.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Forumda ma'ruzachi sifatida ishtirok etishga arizalarni qabul qilish yakunlandi. Forum dasturi tez orada Haftalik saytida, axborot resurslari va tadbirning Facebook’dagi shaxsiy sahifasida e'lon qilinadi.

Tashkiliy qo‘mita Haftalik tadbirlarining tasdiqlangan homiylari ro‘yxatini e'lon qildi. AKT Sammitining asosiy homiysiga Huawei kompaniyasi, AKT Forumning «Axborot xavfsizligi» va «E-government Uzbekistan» seksiyalari homiylariga esa Softline hamda ZTE aylanadi. «AT infratuzilma» seksiyasining bosh homiysi esa Microsoft bo‘ladi.

Mavzuga oid