O‘zbekiston | 21:32 / 07.09.2017
74646
2 daqiqa o‘qiladi

Import mahsulotlarga boj bekor qilinmoqda va aksiz soliqlari kamaytirilmoqda - Prezident qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 4 sentabr kuni «O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning navbatdagi chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qaror matniga ko‘ra, Import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada rag‘batlantirish, uning raqobatbardoshligini oshirish, milliy ishlab chiqaruvchilarni xorijdan kiritilayotgan xomashyo va materiallar bilan ta'minlashda qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholining iste'mol talabini qanoatlantirish maqsadida 2017 yilning 10 sentabridan boshlab:

Farmonning 1-ilovasiga muvofiq, mahsulotlarning ayrim turlariga nisbatan import bojxona bojlari stavkasi;

Farmonning 2-ilovasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan aksiz solig‘i ostidagi mahsulotlarning aksiz soliqlari o‘rnatilmoqda.

2017 yil 10 sentabrdan boshlab, 3-ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritiladi.

Qaror ijrosi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari J.Qo‘chqorov va Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.Tohiriy zimmasiga yuklatilgan.

Qayd etib o‘tish joizki, Prezident qaroriga ko‘ra, respublikamizga olib kirilayotgan ko‘plab mahsulotlarga boj stavkalari bekor qilingan va ayrimlarining aksiz soliqlari stavkalari kamaytirilgan.

Mavzuga oid