Jamiyat | 16:48 / 07.09.2017
13216
1 daqiqa o‘qiladi
Qutqaruvchilar qo‘li elektr go‘sht qiymalagichga qisilib qolgan 3 yoshli qizchaga yordam berishdi
2017 yilning 4 sentabr kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish markazidan 3 yoshli qizchaning qo‘li elektr go‘sht qiymalagichga kirib, qisilib qolganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bergan.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi qutqaruvchilari zudlik bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish markaziga etib borishdi.
Ular shifokorlar bilan hamkorlikda qizchaning elektr go‘sht qiymalagichga kirib, qisilib qolgan qo‘lini maxsus asbob-anjomlar yordamida chiqarib olishdi.
Mavzuga oid
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024