O‘zbekiston | 10:23 / 08.09.2017
4974
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov Rossiya elchisini qabul qildi

2017 yilning 7 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Tyurdenevni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 4-5 aprel kunlari Rossiyaga davlat tashrifi va oliy darajada bo‘lib o‘tgan muzokaralar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Mavzuga oid