Xorazmda narkokurer ushlandi
Giyohvand moddalarni yetishtirish, sotish va targ‘ib qilishga qonunlarda qanday jazo qo‘llanilganligiga qaramasdan oramizda giyohvand moddalarni iste'mol qiluvchilar, sotuvchi insonlar topiladi.
Shu bois mamlakatda ham bu illatga qarshi kurashish borasida keskin choralar ko‘rilib, uning payini qirqish, giyohvandlikka ruju qo‘ygan shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan jazo muqarrarligini ta'minlash bo‘yicha qator ta'sirchan tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, 2017 yil 31 avgust kuni Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari, Gurlan tumani MXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Gurlan tuman hududida giyohvandlik vositasi bilan noqonuniy ravishda muomala qiluvchi shaxslarni aniqlash maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, Gurlan tumani Eshimjiron qishlog‘i yashovchi A.O‘. nazorat tartibida giyohvandlik vositasini sotib olish uchun tadbirga jalb qilingan fuqaro Sh.I.ga bir dona oq qog‘oz parchasiga o‘ralgan sof og‘irligi 0,71 gramm bo‘lgan miqdordagi “marixuana” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda 70 000 so‘mga sotayotgan paytida qo‘lga olindi. Shuningdek, tekshiruv davomida fuqaro A.O‘.ning shimi cho‘ntagida ham vazni 1,09 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Fuqaro A.O‘. o‘z ko‘rsatmalarida yuqorida keltirilgan jami 1,80 gramm giyohvandlik moddasini o‘zining hamqishlog‘i 60 yoshni qarshilayotgan X.Yu.dan 50 000 so‘mga sotib olganligini ma'lum qilgan.
Ushbu ma'lumot asosida fuqaro X.Yu.ning uyi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda uyining turli joylariga yashirilgan, qayta sotish maqsadida saqlab qo‘yilgan jami og‘irligi 94,80 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
X.Yu. giyohvandlik vositasini iste'mol qilish, taqiqlangan ekin hisoblangan kannabis o‘simligini qonunga xilof ravishda ekish, ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda saqlash jinoiy javobgarlikka sazovor ijtimoiy xavfli qilmish ekanligini yaxshi bila turib, mazkur jinoyatni sodir etgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.O‘. va X.Yu.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:07 / 09.11.2024
Xorazmda mevaga kira boshlagan intensiv bog‘ buzib tashlandi
10:50 / 28.10.2024
Xorazmda ayrim loyihalar uchun Polsha texnologiya va investitsiyalari jalb qilinadi
16:26 / 16.10.2024
Xorazmda yana reyderlik. Sholikorlar hosilini tortib olish ommaviy tus olganmi?
18:40 / 18.09.2024