Jamiyat | 19:30 / 08.09.2017
24600
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda eng yirik milliy festival o‘tkazilmoqda (Fotoreportaj)

Bugun Toshkentda "O’zbegim" milliy qadriyatlar festivali tashkil etildi. Milliy telekanali jamoasi tomonidan tashkil etilayotgan mazkur tadbirdada o‘zbek milliy urf-odatlari va an'analari, amaliy va tasviriy san'ati hamda milliy oshxonasining rang-barangliklari namoyish etilmoqda. 

Festivalning eng yorqin hodisasi esa o‘zbek milliy taomi — palovni tayyorlash jarayoniga aylandi. Palovning og‘irligi 7 tonna-yu 360 kgni tashkil etdi va u Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi.

Shuningdek, milliy bayramda xalq sayli, hunarmandlarining yarmarkalari, xalq o‘yinlari va tomoshalari, bir qator milliy rusumlar, folklor shoulari, qo‘g‘irchoq teatrlari, san'atkorlarning gala-konsert dasturlari ham bo‘lib o‘tmoqda.  

"KUN.UZ" muxbirining mazkur festivaldan tayyorlagan fotoreportajini tomosha qiling.

Mavzuga oid