"Irma" dovuli Florida shtatida
"Irma" dovuli Florida shtati hududiga yetib keldi. AQSh Milliy dovullardan ogohlantirish markazi shu haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, dovul kuchi maksimal besh darajali xavfdan to‘rtinchi darajaga to‘g‘ri keladi. Shamol tezligi soatiga 209 kilometrni tashkil qilmoqda.
Dovul shtat janubidagi Florida-Kis orolini qamrab olgan. Prognozlarga ko‘ra, u Florida qirg‘og‘i bo‘ylab shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda harakatlanmoqda.
Bundan avval Florida shtati gubernatori Rik Skott 6,3 million kishining evakuatsiyasi haqida ma'lum qilgandi. Xavfli hududlarni tark etgan kishilarga borgan yerlarida qolish tavsiya qilingan, zero ularni evakutsiya qilishga kech.
"Irma" so‘nggi 20 yilda Atlantikada kuzatilayotgan eng kuchli dovul sifatida qayd etilmoqda. Karib suv havzasidagi 20 dan ziyod kishi dovul qurboniga aylandi.
Mavzuga oid
20:53 / 11.10.2024
“Orlando va u yerdagi o‘zbeklar “Milton” to‘fonidan jabr ko‘rmadi” - Sohib Abbosxon
12:05 / 11.10.2024
«Milton» to‘foni: 16 qurbon, Floridani suv bosdi, 3 mln uy elektrsiz qoldi
08:48 / 11.10.2024
Floridadagi to‘fon bir milliondan ortiq uyni energiyasiz qoldirdi
21:48 / 10.10.2024