Jahon | 09:51 / 10.09.2017
12456
1 daqiqa o‘qiladi

Merkel xizmat mavqeini suiste'mol qilishda ayblanmoqda

Foto: AP

Berlin prokuraturasi XDI partiyasi va uning yetakchisi Angela Merkel ustidan tushgan shikoyat yuzasidan tekshiruv ishlarini boshladi. Der Spiegel shu haqida xabar berdi. Nashrga ko‘ra, shikoyat familiyasi oshkor qilinmagan advokat tomonidan berilgan. 

Yuristning fikricha, Merkel va uning partiyasi Bundesver havo kemalaridagi parvozlari hamda saylov oldi kampaniyasida foydalangan politsiya xizmati uchun pasaytirilgan narx-navo bo‘yicha hisoblashgan. 

Ma'lum bo‘lishicha, Bundesverga so‘rovnoma bilan "Yashillar" partiyasi murojaat qilgan. Ushbu partiya vakillari o‘zlarining siyosiy raqiblari, xususan XDI va shaxsan Merkelni o‘z ixtiyori bilan farqni to‘lash va parvoz narxini to‘liq qoplashga chaqirishgan. 

XDS partiyasida bunga qoidalarga ko‘ra ish tutilayotganini aytib javob berishgan.

Mavzuga oid