Andijonda stol tennisi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi
O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi taqvim rejasiga asosan 4-10 sentabr kunlari Andijonda 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smir sportchilar o‘rtasida mamlakat chempionati o‘tkazildi.
Musobaqada Buxoro, Xorazm, Namangan, Farg‘ona, Toshkent viloyati, Toshkent shahar hamda Andijon viloyatidan 103 nafar tennischilar kuch sinashdi.
56 nafar qizlar hamda 57 nafar o‘g‘il bolalar ishtirokidagi yakkalik, juftlik va aralash juftlik bahslari keskin kurashlarga boy bo‘ldi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yakkalik musobaqalarida andijonlik Xojiakbar Xojimirzayev birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, qizlar o‘rtasidagi yakkalik bahslari g‘olibi Toshkent viloyati vakili Kamila Xalikova bo‘ldi. O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi juftlik bahslarida birinchi o‘rinni Murod G‘aybullayev(Buxoro) va Hikmatillo G‘ofurov(Andijon)lar juftligi, qizlar o‘rtasidagi juftlik bellashuvlarida esa xorazmlik Fotima Hayitbova va Saida Qozoqovalar tengsiz bo‘ldilar. Aralash juftlik chempionligini Andijon viloyati vakillari Nafisa Dadaboyeva hamda Muhammadyusuf Abdug‘aniyevlar qo‘lga kiritishdi.
Jamoaviy hisobda esa o‘rinlar quyidagicha ko‘rinish hosil qildi: 1- o‘rin Andijon, 2- o‘rin Toshkent viloyati, 3- o‘rin Toshkent shahri jamoasi.
G‘olib va sovrindorlarga medal va diplomlarni Andijon viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkirbek Toshpo‘latov hamda federatsiya mutasaddilari tantanali ravishda topshirdilar.
KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
16:57 / 19.09.2024
Andijonda elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkordan 20 mln so‘m olgan ETK muhandislari ushlandi
10:00 / 13.09.2024
Xitoy Andijonda chiqindilardan energiya ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
20:05 / 12.09.2024
Hududlarda tadbirkorlar quyosh panellarini o‘rnatishga majburlanmoqda. Vazirlik tomoshabinmi?
09:50 / 11.09.2024