Jamiyat | 11:21 / 11.09.2017
11097
5 daqiqa o‘qiladi

«Rozmetov» kompaniyasi: «Biz O‘zbekiston uchun betakror mahsulotni tayyorlamoqchi edik va bunga erishdik!»

Foto: Sardelio

Bugun «KUN.UZ» muxbiri Rozmetov savdo belgisi asoschisining farzandi va «Sardelio» savdo markasining g‘oyaviy ijodkori Zafar Rozmetov bilan muloqot qilishga muvaffaq bo‘ldi. Mazmunli va qiziqarli suhbat bo‘lib o‘tdi, bu suhbat ham tadbirkor, ham oddiy xaridorlar uchun qiziqarli. 

— Xayrli kun, Zafar! Biz eshitganimizdek, «Sardelio» sosiskalarini ishlab chiqarishda sizning kompaniyangiz bozorimiz uchun misli ko‘rinmas qarorga – soya va konservantlardan voz kechish qarorini qabul qildi. Bu haqda batafsilroq gapirib bersangiz.
— Xayrli kun! Ha, haqiqatda shunday bo‘ldi. Bizda keng tarqalgan ishlab chiqarish madaniyati to‘liq qayta qurilishini talab etadi. Arzon, tez va tarkibini tejagan holda ishlab chiqarishga bo‘lgan intilish mening fikrimcha umuman noto‘g‘ri. Mamlakatimizdagi oziq-ovqat sanoatining infratuzilmasi allaqachon qayta tashkillashtirishni hamda ozuqa quvvati, energetik qiymati va ishlab chiqarishning tejamkorligi bo‘yicha barcha talablarga javob beruvchi sog‘lom mahsulotga o‘tishni talab etadi. Biz boshidanoq, O‘zbekiston uchun betakror mahsulot ishlab chiqish istagida edik va bunga erishdik ham. 

Foto: Sardelio

— «Sardelio» savdo belgisi qanday paydo bo‘ldi?
— Texnologimiz Hasan Manashov Yevropaga tez-tez sayohat qiladi. U Italiyada Adreano Baretti bilan tanishdi va ilk bor italyancha retsepti asosida tayyorlangan sosiskalarni tatib ko‘rdi. Bu ta'm shu qadar ajoyib ediki, bu retseptni O‘zbekistonga olib kelishdan boshqa iloj yo‘q edi. Bizda konservantsiz va yuqori sifatli sosiskalarni ishlab chiqarish g‘oyasi tug‘ildi va bu g‘oyani amalga oshirishga kirishdik. Yevropalik do‘stimiz yordamida retseptura ko‘p marotaba takomillashdi, bu so‘zsiz, mamlakatimizning minglab aholisi tomonidan ijobiy kutib olindi va biz yaxshi natijalarga erisha boshladik. Baretti bilan hamkorligimiz bugungi kunda ham davom etmoqda. Biz uchun kolbasa mahsulotlarini ishlab chiqarilishining yevropacha tajribasini o‘zlashtirish va u bilan O‘zbekistonda o‘rtoqlashish sharafli ishdir. 

— «Sardelio» mahsuloti haqida batafsilroq hikoya qilib bersangiz, uning xususiyatlari nimalardan iborat? 
— Bizning savdo belgimiz ostidagi sosiska va sardelkalar betakror italyan retsepturasi asosida tayyorlangan. Bu ishlab chiqarishda termik ishlovdan o‘tgan tayyor mahsulotdir, uni isitish kifoya qiladi. Ularni ishlab chiqarishda biz eng yangi sara mahsulotlar – mol go‘shti, tovuq filesi, tuxum, sut foydalanamiz. Biz ishlab chiqarishda soya va konservantlarni qo‘llashga qarshimiz. Qadoqning yangi shakllari (gaz qadoq, vakuum qadoq) mahsulotning ta'mi va sifatini uzoq muddat saqlashga hamda mahsulotning mexanik defformatsiyasi oldini olish imkoniyatini beradi.

—  Siz hech qanday konservantlarni qo‘llamasdan, mahsulotning asl ta'mini qanday ta'minlay olasiz?
— Bu ishlab chiqarish retsepturasi va qadoq yaratish ustidagi katta ishning natijasi bo‘ldi. Mahsulotni yetkazib berish va saqlash paytida uning yangiligi, hidi va ta'm sifatini saqlab qolish katta san'atdir. Biz xilma-xil turlarini tahlil qildik va natijada eng optimalini tanladik.

Foto: Sardelio

—  Siz qanday g‘oyaga asoslanib, o‘z savdo belgingizni yaratdingiz?
—  Men avvalambor, oilam va farzandlarim uchun ham mazali, ham foydali bo‘ladigan va  dasturxonga qo‘yadigan mahsulotni ishlab chiqarishni istardim. Bizning jamoamiz bu g‘oyani amalga oshirish uchun barcha sa'y-harakatlarini qo‘lladi va men endi «Sardelio» nomi ostidagi mahsulot bilan g‘ururlana olaman.
17 iyulda biz «Sardelio»ning yangilangan mahsulotini rasman taqdim etdik. Bu tadbirda bizning butun jamoamiz, dilerlarimiz ishtirok etishdi, bundan tashqari, iste'molchi va xaridorlar ham taklif etildi. Tadbirning har bir ishtirokchisida mahsulotni tatib ko‘rish hamda taklif-mulohazalarini berish, o‘rtoqlashish imkoniyati bo‘ldi. Ijobiy baholar bizni to‘g‘ri yo‘lda ekanimizga yana bir bor ishontirdi.

—  Suhbat uchun rahmat Zafar! «Sardelio»  va «Rozmetov» savdo belgisiga kelajakda yanada kengayish, gullab-yashnash, farovonlik va yangi g‘alabalarni tilab qolamiz!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid