Andijonda «Damas» ko‘prikdan qulab tushdi
11 sentabr kuni soat 14:00 larda haydovchi D.Ismoilov o‘zining «Damas» rusumli avtomashinasini Andijon tumani Oqyor «Qo‘shariq» MFY hududidan o‘tgan 4R-130 «Andijon xalqa yo‘li»ning 6 kilometrida boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida «Jahon savdo kompleksi» OAJ yo‘nalishidagi osma ko‘prikning beton to‘sig‘iga urilib, ko‘prikdan pastga qulab tushgan.
Andijon viloyati IIB YHXBning KUN.UZ’ga xabar berishicha, natijada haydovchi D.I. va yo‘lovchi A.I. ikkisi ham tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Transport vositasiga esa jiddiy tarzda talofat yetgan.
Voqea joyiga tezkor tergov guruhi zudlik bilan yetib kelgan va ayni paytda ushbu holat bo‘yicha dastlabki tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:57 / 19.09.2024
Andijonda elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkordan 20 mln so‘m olgan ETK muhandislari ushlandi
10:00 / 13.09.2024
Xitoy Andijonda chiqindilardan energiya ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
20:05 / 12.09.2024
Hududlarda tadbirkorlar quyosh panellarini o‘rnatishga majburlanmoqda. Vazirlik tomoshabinmi?
09:50 / 11.09.2024