Sport | 12:12 / 13.09.2017
24814
1 daqiqa o‘qiladi

YeChLda Messidan gol o‘tkazmagan ikki darvozabon bor edi, endi bitta qoldi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi YeChLning 1-turida «Yuventus»ga qarshi kechgan o‘yinda hisobni ochgach, uning turinliklar darvozaboni Janluiji Buffon darvozasini ishg‘ol eta olmasligi bilan bog‘liq noxush seriyasiga chek qo‘yildi. U o‘yin davomida Buffon darvozasiga ikkinchi golni ham yo‘lladi.

Messi shu vaqtgacha YeChL doirasida italiyalik darvozabon bilan duellarda gol urmay kelayotgandi.

Endilikda Messidan YeChL o‘yinlarida gol o‘tkazmagan yagona darvozabon qoldi. «Rubin» darvozaboni Sergey Rijikov «Barselona»ga qarshi kechgan 4 uchrashuvda ham argentinalik futbolchidan gol o‘tkazmagan.

Mavzuga oid