Jahon | 12:30 / 13.09.2017
5945
1 daqiqa o‘qiladi

Ryabkov: KXDR AQSh bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazishdan manfaatdor

Foto: RIA "Novosti"

Rasmiy Pxenyan Vashington bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishdan juda ham manfaatdor, biroq Donald Tramp ma'muriyatida buning uchun yetarli iroda borligiga ishonch yo‘q. Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Ryabkov RIA Novostiga shunday bayonot berdi.

"Pxenyan Vashington bilan bevosita muloqotga qiziqmoqda. Menda AQSh ma'muriyati shunday muloqotga kirishishi uchun yetarli siyosiy iroda va qat'iyatga ega, degan ishonch yo‘q", — degan Ryabkov.

 

Mavzuga oid