Sport | 09:22 / 14.09.2017
24958
1 daqiqa o‘qiladi

Krishtianu Ronaldu - Chempionlar ligasi rekordchisi

© AP Photo

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu penaltidan gol urish bo‘yicha Chempionlar ligasi rekordini o‘rnatdi. Turnir guruh bosqichida APOELga qarshi kechgan o‘yinda u  11 metrlik jarima zarbasini ijro etdi. Bu uning turnirda 12-marta penaltidan gol urishi bo‘ldi va «Barselona» hujumchisi Lionel Messini (11) ortda qoldirdi. 

Ronaldu shuningdek, Chempionlar ligasida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi - 107 gol. Taqqoslash uchun «Atletiko» turnirda 100ta gol urgan, «Benfika» 98ta. Uning eng yaqin ta'qibchisi Lionel Messi hisobida 96 gol bor.

Mavzuga oid