Nima uchun valyuta kursi aynan 8100 so‘m etib belgilandi?
14 sentabr kuni Toshkent shahrida Markaziy bank (MB)tomonidan birinchi marta yangi formatdagi tadbir tashkil etildi. Tadbir mavzusi "Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar" bo‘ldi. Unda Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari T.A.Ishmetov, MB rais o‘rinbosari B.E.Zohidov, MB Monitor siyosat departamenti direktori I.I.Norqulov hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi. Tadbirda qatnashgan KUN.UZ muxbiri shu haqida xabar berdi.
MB raisining birinchi o‘rinbosari Temur Ishmetov valyuta kursi bir yil davomida amalga oshirilgan hisob-kitoblardan kelib chiqib belgilanganini, bu borada "Yetti o‘lchab, bir kes" maqoliga amal qilinganini ma'lum qildi.
"Boshlang‘ich kurs 8100 so‘m etib belgilangan bo‘lsa-da, bundan keyin valyuta kursi talab va taklifdan kelib chiqib o‘zgarib turadi, zero valyuta mablag‘lari bozorda shakllanadi. Butun dunyoda valyuta kursi shunday o‘zgarib turadi. Boshlang‘ich kurs 8100 bo‘lgan bo‘lsa, undan keyingi kunlarda biroz pasaydi", - dedi T.Ishmetov.
Anjumanda ta'kidlanishicha, valyuta ayirboshlash bo‘yicha bir hafta ichida ijobiy natijalarga erishilgan - shu kunga qadar aholidan 200 million dollarga yaqin, eksportchilardan taxminan 100 million dollar mablag‘ topshirilgan. 100 milliondan ortiq mablag‘lar tashkilotlarga taqsimlangan.
"Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatdiki, hozirgi jarayonlar davlatga faqat foyda keltiradi, aks holda iqtisodiy rivojlanish bo‘lmaydi, orqada qolinadi", - deydi MB raisi o‘rinbosari.
Kursni prognoz qilish mumkinmi?
"Kursning kelajagini prognoz qilish juda qiyin, chunki bunga ta'sir qiluvchi ko‘plab ichki va tashqi omillar mavjud. Ichki omilni boshqarish imkoni bor, biroq tashqi omil davlatning, Markaziy bankning o‘zigagina emas, balki boshqa mamlakatlarga ham bog‘liq", - deydi mutaxassis.
Mavzuga oid
11:56 / 11.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti Markaziy banklari kengashi tashkil etiladi
18:34 / 08.11.2024
Markaziy bank 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
23:10 / 07.11.2024
O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 43 mlrd dollardan oshdi
11:23 / 01.11.2024