Fotoreportaj: Qozog‘iston milliy mahsulotlari, avtomobillari, harbiy texnikasi O‘zbekistonda
Toshkentdagi "O‘zekspomarkaz"da 15-17 sentabr kunlari Qozog‘iston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbir Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida tashkil etildi.
Bugun, 16 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev ko‘rgazmaga tashrif buyurib, ekspozitsiyalar bilan tanishishdi.
Mazkur ko‘rgazmada Qozog‘istonning avtomobilsozlik, to‘qimachilik, oziq-ovqat, elektrotexnika, qurilish materiallari va boshqa tarmoqlarda faoliyat ko‘rsatayotgan yetakchi kompaniyalarining mahsulotlari bilan tanishish mumkin.
Ko‘rgazma mehmonlari Qozog‘istonda ishlab chiqarilayotgan "Peugeot", "Lada" kabi yengil avtomobillar, "JAC" elektromobillarini ham tomosha qilishlari mumkin.
Shuni ham qayd etish kerakki, Qozog‘iston O‘zbekistonda ilk marotaba maxsus harbiy texnika mahsulotlarini namoyish etmoqda.
KUN.UZ muxbirining ko‘rgazmadan tayyorlagan maxsus fotoreportajini tomosha qiling.
Mavzuga oid
20:09 / 20.09.2024
Qozog‘istonda xorijliklarni deportatsiya qilish qoidalari kuchaytirilishi mumkin
08:30 / 20.09.2024
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
16:07 / 19.09.2024
Qozog‘iston 2022 yildan beri 2,3 mlrd dollarlik aktivlarni davlat hisobiga qaytardi
12:30 / 17.09.2024