Dubayda dunyodagi eng yirik quyosh elektr stansiyasi loyihasini amalga oshirish boshlandi
Dubayda dunyodagi eng baland quyosh kollektoriga ega quyosh elektr stansiyasi loyihasini amalga oshirish boshlandi, dub xabar bermoqda BAAning The National nashri.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, elektr stansiyasi quvvati 700 megavattni tashkil qiladi. Qaytgan quyosh nurlarini ushlovchi inshoot – quyosh kollektorining balandligi 260 metrni tashkil qiladi. Bu ayni vaqtda shunday inshootlardan eng balandi hisoblanadi.
Elektr stansiyani qurishga tanlovda Saudiya Arabistoni va xitoylik pudratchilar konsorsiumi g‘olib bo‘ldi. Loyiha qiymati 3,9 mlrd dollarga baholangan.
Dubay rahbariyati rejasiga ko‘ra, amirlikning elektr ishlab chiqarishdagi “sof” energiya manbalari ulushi 2020 yilga kelib 25 foizga, 2050 yilda esa 75 foizga yetishi kerak.
Mavzuga oid
15:44 / 06.12.2024
BAAda yana 9 o‘zbekistonlik ushlandi. Ular bilan 11 kundan buyon hech kim ko‘risha olmayapti
22:30 / 05.12.2024
Dubayda «nindzya» emojisini yuborgan irlandiyalik erkak bir necha yilga qamalishi mumkin
22:46 / 28.11.2024
Dubayda suzib yuruvchi politsiya uchastkasi ish boshlaydi
01:49 / 26.11.2024