Light | 23:20 / 17.09.2017
81163
4 daqiqa o‘qiladi

Mashhur brendlar logolari va ularning xayolingizga ham kelmagan izohlari

Mashhur brendlarning logolari va nomlariga qarab, ularning tarixi qanday ekani haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Ehtimol, ular mutlaqo tasodifan paydo bo‘lgandir? Quyida shu mavzuda to‘plangan qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin bo‘ladi.

Walt Disney

Foto: Depositphotos

Dunyoning eng mashhur multiplikatsion studiyasi logosida doim ertaknamo qasrning surati tasvirlanib kelinadi. Dastavval uning prototipi Noyshvanshtayn - nemis qasrlaridan biri bo‘lgan. 2006 yilga kelib esa, u Parij disneylendidagi Zolushka qasriga almashtirilgan.

LEGO

Foto: Depositphotos

Bolalar o‘yinchoqlarini ishlab chiqaruvchi LEGO kompaniyasining nomlanishi daniyacha "leg godt", ya'ni "yaxshi o‘ynash" ma'nosini bildiradi.

Fanta

Foto: Depositphotos

Ikkinchi jahon urushi yillarida Coca-Cola kompaniyasining Germaniyadagi bo‘limi faoliyati uchun mas'ul bo‘lgan Maks Kayt  yangi ichimlik ishlab chiqarishga qaror qilgan. Ichimlik nomi jamoaviy muhokama  natijasi hisoblanadi. Kayt jamoani qanday nom qo‘yish borasida fantaziyani (nemischadan "fantasie"-tasavvur, fantaziya) ishga solishga chaqiradi, shunda jamoa a'zolaridan biri Joe Nipp "Fanta!"  deya taklif kiritadi.

Nintendo

Foto: Depositphotos

Uch yapon iyeroglifidan tashkil topgan Nin-ten-do -  "Omadni samolarga qoldir" ma'nosini anglatadi.

Cadillac

Foto: Depositphotos

Lyuks toifadagi Cadillac avtomibillar rusumi kompaniya asoschisi, mexanigi va bosh tadbirkori Henri Liland tomonidan o‘z ajdodi, fransuz mustamlakasi ma'muri va harbiy qo‘mondoni Antuan Lome de Lamot de Kadilyak sharafiga nomlagan.

ebay

Foto: Depositphotos

Kompaniya asoschisi Per Omidyar Echo Bay Technology Group'da ishlab yurgan kezlaridayoq sayt muqobilini yaratgan. Echo Bay Technology Group idorasi Exo Bey (Nevada)da joylashgan bo‘lgan. Omidyar saytini "EchoBay.com" ko‘rinishida ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lgan, biroq bu nom ostidagi sayt band bo‘lib chiqqan, shunda Omidyar uni qisqartirib "ebay.com" ko‘rinishida ro‘yxatdan o‘tkazadi. Shunga qaramay, ko‘pchilik ebay -  "Electronic Bay", ya'ni "elektron buxta"ning qisqartmasi deb o‘ylaydi.

Samsung

Foto: Depositphotos

"Sam" koreys tilidan tarjima qilinganda - uch, "sung" esa yulduz ma'nosini bildiradi. Shu tariqa Samsung so‘zini "uch yulduz" deb tarjima qilish mumkin. Uch raqami koreyslarda "katta, ko‘p sonli va kuchli" ma'nolarini beradi.

SEGA

Foto: Depositphotos

SEGA — "Service Games of Japan" ("Yaponiya O‘yinlar xizmati")ning qisqartmasi. Kompaniya dastlab mamlakatning harbiy bazalariga pinbol o‘yini uchun qurilmalar yetkazib berish bilan shug‘ullangan.

Alfa Romeo

Foto: Depositphotos

Alfa Romeo logosida chuqur tarixiy ma'no bor - qizil xoch Milan munitsipaliteti bayrog‘idan o‘tgan, qonxo‘r ajdar — qachonlardir Lambardiyani boshqargan qadimiy Viskonti avlodi ramzi. Aslini olganda, "ajdarho"li mashinalar o‘z tarixida boshqa avto rusumlariga nisbatan kamroq odamlarning halokatiga sabab bo‘lgan.

Mavzuga oid