Tojik-afg‘on chegarasida narkokurerlar yo‘q qilindi
Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida o‘tgan dam olish kunlari ikki nafar qurollangan narkokurer yo‘q qilindi, 64 kilogramm giyohvandlik moddalari olib qo‘yildi. Bu haqda RIA Novosti Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining chegara qo‘shinlari boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Muhammad Ulug‘xo‘jayevga asosan xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, birinchi to‘qnashuvda jinoyatchilardan biri yo‘q qilingan, qolganlar esa (kamida uch kishi) yashiringan. Voqea joyi ko‘zdan kechirilganda, 50 kilogramm kannabis, bitta Kalashnikov avtomati, unga beshta o‘qdon, 81 ta patron va ikkita F-1 granatasi topilgan.
Qurollangan jinoyatchilar bilan ikkinchi to‘qnashuv paytida ham bir shaxs yo‘q qilingan, qolganlar Afg‘oniston hududida yashiringan. Bu yerdan 13 kilogramm opium, bir kilogramm nasha, bitta Kalashnikov avtomati, unga beshta o‘qdon, 132 patron topilgan.
Mavzuga oid
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024
O‘zbekiston va YeI afg‘on masalasi bo‘yicha o‘zaro maslahatlashuvni davom ettiradi
22:45 / 02.11.2024