Erdo‘g‘an yana AQShni tanqid qildi, bu safar hammasiga qurol "aybdor"
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQShni tanqid qildi. Bunga Amerika qurolining Turkiya rahbarini qo‘riqlash xizmatiga sotishdan bosh tortilgani sabab bo‘ldi. Uning eslatishicha, AQSh suriyalik kurdlarning o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlariga qurol-yarog‘ni bepulga yetkazib bermoqda. Anqara ularni Kurdiston ishchi partiyasi bilan aloqador terrorchilik tashkiloti sifatida ko‘radi.
Assoshieyted Press agentligining xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Erdo‘g‘anning tansoqchilari harakatiga javoban 1,2 million dollarlik qurol-yarog‘ sotuvini rad etgan. Turkiya prezidentining AQShga joriy yilning mayida amalga oshirilgan tashrifi vaqtida uning tansoqchilari va Turkiyaning Vashingtondagi elchisi qarorgohi oldida to‘plangan norozilik namoyishi qatnashchilari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Amerika poytaxtida bo‘lib turgan Erdo‘g‘an, hodisa joyidan olingan videoyozuvga ko‘ra, tansoqchilari namoyishchilarni kaltaklashini shaxsan kuzatgan.
"Biz AQShdan qurol sotib ololmasak, nega u Suriyada terrorchilarga bepul berilmoqda? Bu savolni amerikalik do‘stlarimizga bermoqdamiz. Unga javob olmaganimizda esa, AQShning strategik sherigi sifatida afsus chekamiz", - deya ma'lum qildi Erdo‘g‘an AQShga tashrifi davomida. U BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida qatnashish uchun kelgan. Prezidentning so‘zlarini esa NTV telekanali keltirgan.
Mavzuga oid
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:22 / 15.11.2024
Amerikalik harbiy xizmatchilar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ortdi
11:37 / 15.11.2024
YeI birinchi marta qurolni birgalikda sotib olishni moliyalashtiradi
21:21 / 14.11.2024