Xitoyda 8 yil ichida 83 ta harbiy kema qurildi
Xitoylik kemasozlar bor-yo‘g‘i 8 yil ichida 83 ta harbiy kemani qurib, sinovdan o‘tkazib, foydalanishga topshirishga muvaffaq bo‘ldilar, deb xabar bermoqda The Print. Mutaxassislarning prognozlaricha, 2025 yilga kelib Xitoy an'anaviy yetakchi – AQSh harbiy-dengiz kuchlarini ortda qoldirib, dunyodagi eng katta harbiy-dengiz kuchlariga ega bo‘ladi.
Xorijiy mutaxassislarning fikricha, xitoylik kemasozlar bunday sur'atlarga mehnatni tashkil qilishning yuqori madaniyati evaziga erishganlar. Harbiy-dengiz floti sohasidagi mutaxassis Vinayak Bxatning ta'kidlashicha, xitoylik ishlab chiqaruvchilarda "bayram" degan so‘z yo‘q. Harbiy kemalarni quruvchi barcha verflar 8 soatdan 3 smenada ishlaydilar.
Bxatning aytishicha, kemasozlik zavodlariga monand sur'atda konstruktorlik byurolari ham ishlaydi. Ularning mutaxassislari mavjud kemalarni takomillashtirish va yangi harbiy kemalarni yaratish ustida uzukun tinmay mehnat qiladilar.
Mutaxassisning aytishicha, JNCX kemasozlik verfining o‘zida 2016 yil dekabrda bir vaqtning o‘zida 16 ta kema qurilgan va modernizatsiya qilingan. Mutaxassislarning ta'kidlashlaricha, xitoylik kemasozlar tomondan ishlab chiqarishning yuqori sur'atlari kamida yaqin 30 yil davomida saqlanib qoladi.
Mavzuga oid
23:39 / 26.08.2024
Malayziyada noma’lum suvosti obekti bilan to‘qnashgan harbiy kema cho‘kib ketdi
21:50 / 07.07.2024
Eronning Sahand eskadron mina tashuvchi kemasi ta’mirlash chog‘ida yonboshlab qoldi
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023