O‘zbekiston | 18:36 / 22.09.2017
19423
1 daqiqa o‘qiladi

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi rahbariyati tizimida o‘zgarish yuz berdi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Avtomobil yo‘llaridagi ko‘kalamzorlashtirish va me'moriy-landshaft qurilmalari tizimlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori imzolandi

Qabul qilingan qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasiga – ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalariga javob beradigan rais o‘rinbosari lavozimi qo‘shiladi hamda u bir paytning o‘zida "O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish" unitar korxonasi direktori hisoblanadi. Shuningdek, qo‘mita tarkibida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish boshqarmasi ham tashkil etiladi. 

Qaror bilan "O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish" unitar korxonasining tashkiliy tuzilmasi hamda korxonaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalari namunaviy tuzilmalari ham tasdiqlandi. 

Mavzuga oid