Jamiyat | 19:54 / 25.09.2017
61613
3 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng og‘ir vaznli ayoli hayotdan ko‘z yumdi

Foto: Reuters

Dunyoning eng og‘ir vaznli ayoli - misrlik Imon Ahmad Abdul Atiy BAAda hayotdan ko‘z yumdi. Qator OAV shu haqida xabar berdi. 

Ayol yaqindagina 37 yoshini yaqinlari davrasida qarshi olgan edi. Uning vazni dastlab 500 kilogrammdan ortiq bo‘lgan. Keyinchalik Imon shifokorlar yordamida 140 kilogrammga ozishga muvaffaq bo‘lgandi.

Foto:UGC

Imon Ahmad Abdul Atiy qator kasalliklardan aziyat chekkan - unda isitma, peshob yo‘llari infeksiyasi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi va og‘ir degidratatsiya qayd etilgan, shu bilan birga uni oshqozon naychasi orqali ovqatlantirishgan. Vaqti-vaqti bilan hushdan ketish holatlari ayolning psixik va psixologik holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatgan. Bundan tashqari, unda og‘ir aortal stenoz borligi aniqlangan.

Onasining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 25 yilda ayol uydan tashqariga chiqmagan.

Foto: Barcroft Media

Bundan avval Imonning Hindiston, BAAdagi davolash jarayonlari, shifokorlarning fikr-mulohazalari haqida muntazam ravishda ma'lumot berib borilgandi. 

Dunyoning eng og‘ir vaznli ayolini bosqichma-bosqich davolash rejalashtirilgan edi. Ayol davolanishning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, ikkinchi bosqichda turgani, o‘zini ancha yaxshi his qilayotgani va hatto tabassum qilgani haqida ma'lum qilingandi. 

Foto: Caters News Agency

9 sentabr kuni Imon o‘zining 37 yoshligini maxsus sana munosabati bilan Misrdan yetib kelgan onasi, opasi va jiyani bilan qarshi olgan. Uning xonasi chiroyli bezatilib, shifoxona xodimlari ham bayramga qo‘shilishgan.

Foto: Caters News Agency

Dunyoning sobiq eng og‘ir vaznli ayoli yana tabassum qilmoqda

Dunyodagi eng og‘ir vaznli ayol Abu-Zabi shifoxonasiga keltirildi (video)

"Dunyodagi eng og‘ir vaznli ayol"ning opasi shifokorlarni yolg‘on gapirishda aybladi

Dunyodagi eng og‘ir ayol 245 kilogramm vazn tashladi (video)

Dunyodagi eng og‘ir vaznli ayol 140 kilogrammga ozdi

Dunyodagi eng og‘ir ayol operatsiya qilindi

Dunyodagi eng og‘ir ayol qisqa vaqt ichida aql bovar qilmas darajada ozdi

Mavzuga oid