Navbatdagi valyutafurushlar qo‘lga tushdi (video)
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Andijon viloyat boshqarmasi xodimlarining Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentining Andijon viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirlari natijasida o‘z manfaatini ustun qo‘yuvchi ayrim shahslarning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda “O‘zbekiston24” telekanalida xabar berilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, fuqarolar Oybek Qahhorov va Gulbahor Mamadaliyevalar oson va mo‘may daromad topishni ko‘zlab, xorijiy valyutaning noqonuniy oldi-sotdisi bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lishgan. Ya'ni, ular har birini 8100 so‘mdan hisoblab, 20 ming AQSh dollarini 162 million so‘mga sotishga kelishib, shundan 18800 AQSh dollarini sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
16:57 / 19.09.2024
Andijonda elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkordan 20 mln so‘m olgan ETK muhandislari ushlandi
10:00 / 13.09.2024
Xitoy Andijonda chiqindilardan energiya ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
20:05 / 12.09.2024
Hududlarda tadbirkorlar quyosh panellarini o‘rnatishga majburlanmoqda. Vazirlik tomoshabinmi?
09:50 / 11.09.2024