Eng qimmatbaho avtomobil brendi ma'lum qilindi
Yaponiyaning Toyota kompaniyasi dunyoning eng qimmatbaho avtomobil brendlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Reyting Interbrand konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilgan.
Toyota narxi 50,2 milliard dollarga baholanmoqda, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga qaraganda 6 foizga kam. Ikkinchi o‘rinni 47,8 milliard dollar bilan Germaniyaning Mercedes-Benz kompaniyasi band etdi. BMW 41,5 milliard dollar bilan uchinchi o‘rinda qayd etildi.
Top-100 qimmatbaho avtomobillar brendlari ro‘yxatiga shuningdek Honda, Ford, Hyundai, Audi, Nissan, Volkswagen, Porsche, Kia, Ferrari ham kiritildi.
Ta'kidlanishicha, reytingni tuzishda sotuvlar natijalari, brendning tanilishi va uning bozorga ta'siri inobatga olingan.
Mavzuga oid
20:30 / 18.09.2024
O‘zbekiston elektron hukumat reytingida 6 pog‘ona yuqoriladi
18:35 / 12.09.2024
2024 yilda dunyoda eng ko‘p sotilgan avtomobillar o‘ntaligi ma’lum qilindi
23:17 / 08.08.2024
Dunyoning eng qimmat shaharlari e’lon qilindi
22:32 / 03.08.2024