Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda metro qurishni boshlashi mumkin
Toshkentdagi metro qurilishida ishtirok etish uchun Qozon shahrining «Kazmetstroy» kompaniyasi ariza topshirdi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Marat Rahimov ma'lum qilgan.
O‘zbekiston poytaxtida metropoliten uzunligini 160 kilometrga qadar ko‘paytirish rejalashtirilgan, ular uchun 20 dan ortiq yangi bekat va bitta metropoliten tarmog‘i quriladi. Birinchi 10 bekat 2030 yilga qadar yakunlanadi.
Ta'kidlanishicha, metro yer ustida bo‘ladi, tunnellar uzunligi 22 kilometrni tashkil etadi. Umuman olganda, Toshkent metrosining uzunligi 160 kilometrgacha oshadi, hozirda poytaxt metropoliteni 36,2 kilometrga teng va 29 ta bekatga ega.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent metropoliteni 1977 yilda ochilgan va Markaziy Osiyodagi birinchi metroga aylangan. Poytaxt metropoliteni uch tarmoqdan iborat bo‘lib, uning yo‘lovchi tashish hajmi kuniga 168 ming kishini tashkil etadi. Toshkent metropoliteni faqat yer osti bekatlaridan iborat.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024