O‘zbekiston futzalchilari Osiyo o‘yinlari finalida Erondan 7ta gol o‘tkazdi
Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlarining futzal musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Final bahsida O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.
O‘FF rasmiy sayti bergan xabarga ko‘ra, mazkur uchrashuvda O‘zbekiston futzal terma jamoasi 1:7 hisobida imkoniyatni boy berib, Osiyo o‘yinlarining kumush medallari bilan kifoyalanadigan bo‘ldi. O‘zbekistonning yagona goliga 29-daqiqada Davron Choriyev mualliflik qildi.
Yarim finalda O‘zbekistondan yengilgan Yaponiya termasi bronza uchun Afg‘oniston bilan o‘ynadi. Asosiy va qo‘shimcha vaqtda 1:1 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa yaponiyaliklar 3:1 hisobida g‘olib chiqdi.
Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari
Futzal. Final
Ashxobod, Turkmaniston
Eron – O‘zbekiston 7:1
Gollar: Mahdi Javid (4, 9, 32, 36), Ali Ashar Hasanzoda (21, 37), Hamid Ahmadidazay (31) – Davron Choriyev (29)
Ogohlantirishlar: Artur Yunusov (8), Konstantin Sviridov (31)
Mavzuga oid
13:45 / 15.09.2024
«Uchar gollandlar»ga qarshi kechgan «otishma»dan eksklyuziv fotojamlanma
18:36 / 13.09.2024
O‘zbekiston mezbonligidagi futzal bo‘yicha JCh-2024 start arafasida: o‘yinlar taqvimi va asosiy ma’lumotlar
17:00 / 12.08.2024
O‘zbekistonda FIFA Futzal Jahon chempionati o‘tkaziladi
10:00 / 02.06.2024