Internetda ukrainalik deputatlarning mushtlashuvi videosi paydo bo‘ldi
Ukrainaning “Pyotr Poroshenko bloki” va “Batkivshina” partiyalari deputatlarining Kiyev viloyat kengashida mushtlashuvi videosi Ukrainaning Beshinchi kanalining YouTube’dagi sahifasida paydo bo‘ldi.
26 sentabrda deputatlar orasida janjal chiqqanini Facebook’da “Erkinlik” partiyasi faoli Aleksandr Aronets ma'lum qilgandi. Uning aytishicha, mushtlashuvga “Pyotr Poroshenko bloki”ning kengash rahbariyatini iste'foga ketkazish talabi sabab bo‘lgan. “Kengash boshlig‘i Starikovani “Batkivshina” deputati Xaxulin himoya qilayotganda unga deputat Karlyuk tashlanib, musht tushirgan. Xaxulin zarbadan o‘zini yo‘qotib, yerda yotibdi. Unga tez yordam chaqirtirildi”, deb yozgandi deputat.
Videoda Starikova yoniga Vitaliy Karlyuk kelib, undan mikrofonni tortib olayotganini ko‘rish mumkin. Shunda vaziyatga Vladislav Xaxulin aralashgan va Karlyukdan musht yegan.
“Strana.UA” portali ma'lumotlariga ko‘ra, nokautga uchratilgan deputatda miya chayqalishi va jag‘ sinishi tashxisi qo‘yilgan.
Mavzuga oid
09:00
Germaniya Ukrainaga energetika infratuzilmasi uchun 170 mln ajratadi
08:20
Bayden Ukrainaga 8 mlrd dollar ajratilishini e’lon qildi
23:26 / 26.09.2024
Tramp urushni to‘xtatish uchun «har qanday bitim»ga bormayotgan Zelenskiyga qarshi hujumga o‘tdi
18:35 / 26.09.2024