Andijonda Ashxobod–2017 Osiyo o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlari tantanali kutib olindi
Andijon shahridagi Bobur maydonida Turkmaniston poytaxti Ashxobodda 17-27 sentabr kunlarida bo‘lib o‘tgan usti yopiq inshootlardagi Osiyo O‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi safida ishtirok etgan viloyat sportchilarini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonlik sportchilar turnirda jami 131ta medallarga ega chiqqan bo‘lsalar, shundan 3 ta oltin, 10 ta kumush va 8 ta bronza medallari Andijon viloyati vakillari tomonidan qo‘lga kiritildi. Viloyat atletlari sportning og‘ir atletika, belbog‘li kurash, erkin kurash, sambo hamda yunon-rum kurashi turlarida sovrindor bo‘ldilar. Jumladan kurashchilardan Ilhomjon Mashrapov 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 bronza, erkin kurash turida Gulxumoroy Dadaboyeva esa 2ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Marosimda so‘zga chiqqan viloyat hokimligi vakillari, fahriy sport murabbiylari, jamoatchilik vakillari sport musobaqalarida yutuqqa erishgan yigit va qizlarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon.
Muallif olgan suratlar.
Mavzuga oid
16:57 / 19.09.2024
Andijonda elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkordan 20 mln so‘m olgan ETK muhandislari ushlandi
10:00 / 13.09.2024
Xitoy Andijonda chiqindilardan energiya ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
20:05 / 12.09.2024
Hududlarda tadbirkorlar quyosh panellarini o‘rnatishga majburlanmoqda. Vazirlik tomoshabinmi?
09:50 / 11.09.2024