Fan-texnika | 14:04 / 30.09.2017
82064
2 daqiqa o‘qiladi

Alisher Usmonovga qarashli kompaniya Ucell‘ni sotib olishi mumkin

Foto: Getty Images

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga tegishli bo‘lgan USM Holdings kompaniyasi Coscom mobil aloqa operatorini (Ucell savdo belgisi) sotib olishi mumkin. Bu haqda CNews nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, USM Holdings hozirda Shvetsiyaning Telia kompaniyasi bilan Coscom mobil aloqa operatorini sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Qayd etib o‘tish joiz, Ucell abonentlar soni bo‘yicha O‘zbekistonda ikkinchi o‘rinda turuvchi aloqa operatori sanaladi. 2016 yilning so‘nggiga qadar bo‘lgan ma'lumotlarga ko‘ra, kompaniya 9 mlndan ortiq abonentga xizmat ko‘rsatadi.

USM Holdings Alisher Usmonovning «Metallinvest» holdingi asosiy aktivlariga ham egalik qiladi. Shuningdek USM Holdings «Megafon» aloqa operatori aksiyalarining nazorat paketiga egalik qiladi. Bundan tashqari, Telia ham «Megafon»da o‘z ulushiga (25 foiz) ega sanaladi.

Mavzuga oid