Denis Istomin Xitoydagi ATR turniri finaliga yo‘llanma oldi
Xitoyning Chendu shahrida o‘tkazilayotgan tennis bo‘yicha ATR tasnifidagi, mukofot jamg‘armasi 1 028 885 AQSh dollarini tashkil etgan turnirda O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Istomin bugun turnir yarim final uchrashuvini o‘tkazdi. Unda Denisga dunyoning 43 tartib raqamli raketkasi hisoblangan yaponiyalik Yuichi Sugita raqiblik bo‘ldi.
1 soat-u 41 daqiqa davom etgan uchrashuvda O‘zbekistonlik tennischi raqibini uch setda 6:2, 6:7 (tay-breykda 4:7), 6:0 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Denis Istomonning finaldagi raqibi Markus Bagdatis (Kipr, ATR reytingida 113-o‘rin) va Guido Pelya (Argentina, ATR reytingida 72-o‘rin) o‘rtasidagi bahsda aniqlanadi.
Mavzuga oid
20:09 / 05.02.2024
Denis Istomin faoliyatini yakunladi
18:34 / 07.01.2023
O‘zbekiston va AQSh tennischilari Devis Kubogida bellashadi
19:14 / 24.07.2021
Tokio-2020 kundaligi: Birinchi kunda o‘zbekistonlik sportchilarning barchasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi
18:54 / 22.07.2021