Iqtisodiyot | 17:12 / 30.09.2017
35964
1 daqiqa o‘qiladi

Jahon Banki O‘zbekistonga 1 milliard dollar ko‘mak ajratishi kutilmoqda

O‘zbekiston hukumati Jahon Bankidan 1 milliard AQSh dollari miqdorida moliyaviy ko‘mak olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters xabar tarqatgan.

Manbada aytilishicha, shu haftada prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qaror bandlarida joriy yilning 1 noyabriga qadar, dastlabki muzokaralarni o‘tkazish topshirig‘i bayon etilgan. Reuters muxbiri bilan suhbatlashgan yuqori lavozimdagi amaldorning bildirishicha, qaror rasman e'lon qilindi, ammo undagi batafsil ma'lumotlar ochiqlanmagan.

Moddiy ko‘mak sifatida ajratilishi rejalashtirilgan mablag‘lar mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun sarflanishi kutilmoqda.

Mavzuga oid