Turkiya koinot stansiyasini qurmoqchi
Turkiya koinot stansiyasini qurish haqidagi qarorni qabul qildi, deb aytmoqda mamlakat bosh vaziri Binali Yildirim.
"Koinot stansiyasi qurish haqidagi qonun loyihasi Turkiya parlamentiga ko‘rib chiqish uchun topshirildi", deb aytgan bosh vazir Eskishahir viloyatida vertolyotlar uchun detal va ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi zavodning ochilish marosimida.
Yildirimning aytishicha, hujjat mamlakatning taraqqiyoti va xavfsizligini koinot va aviatsiya texnologiyalari, aholi farovonligi uchun tabiiy zaxiralarni aniqlash va foydalanish hisobiga ta'minlash maqsadida qabul qilingan.
Yildirim 5-avloddagi G‘-35 samolyotlarining yaratilishi loyihasiga ham izoh berdi. Ushbu samolyot NATOga a'zo davlatlarning umumiy mahsuli hisoblanadi.
Samolyot fyuzelyajining markaziy qismi AQSh bilan bir qatorda Turkiyada TUSAŞ kompaniyasi tomondan ishlab chiqariladi. Kompaniya ishlab chiqarishni boshlab yuborgan. Turkiyada, shuningdek, razvedka va zarba beruvchi dronlar ishlab chiqarilishi davom etmoqda, bu esa mamlakatda xavfsizlikni ta'minlash nuqtai nazaridan zarur hisoblanadi.
Mavzuga oid
00:32 / 04.12.2022
Turkiyaning birinchi uchuvchisiz qiruvchi samolyoti sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi
00:54 / 03.12.2022
Turkiyalik sharhlovchi JCh-2022 o‘yini tanaffusida efirdan chetlatildi
11:10 / 28.11.2022
O‘zbekiston va Turkiya yirik logistika infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oshirmoqchi
17:10 / 25.11.2022