O‘zbekiston | 19:50 / 04.10.2017
22396
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Konstitutsiyaviy va Oliy sudi sudyalari saylandi

4 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 12-yalpi majlisi bo‘lib o‘tgani haqida avval xabar berilgan edi. Uning kun tartibiga 8 ta masala kiritilgan bo‘lib, senatorlar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida”gi qarorlarini muhokama qilishdi va qabul qilishdi. 

Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80-moddasi birinchi qismining 2-bandi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 2-bandiga muvofiq, Sayyora Rejipbayevna Koshayevani O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi lavozimiga sayladi. 

Bundan tashqari, Oliy Majlisi Senati quyidagilarni: Akrom Jo‘raqulovich O‘tayev  muddatsiz  davrga, Vohid Mamataliyevich Nazarovni muddatsiz davrga, Gulnora Anvarovna Mirzayevani  besh yil muddatga, Ibrohim Isoqovich Tojiyevni o‘n yil muddatga, Luqmon  Muxtorovich Qodirovni muddatsiz davrga, Nishanmurod Muxtorovich Mirzaalimovni o‘n  yil muddatga, Umidaxon Adhamovna Imomovani o‘n yil muddatga, Uchqun Xolboyevich Ro‘ziyevni o‘n yil muddatga, Hamro Jahongirovich Berdiqilichevni o‘n yil muddatga, Xurshid  Iskandarovich Qosimovni o‘n yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy cudining sudyasi lavozimiga sayladi. 

Mazkur qarorlar qabul  qilingan  kundan e'tiboran kuchga kirishi belgilab qo‘yildi. 

Mavzuga oid