Internet orqali tanilgan halablik qizchaning kitobi Nyu-Yorkda taqdim etildi
Nyu-Yorkda suriyalik sakkiz yoshli Bana Al-Abd muallifligidagi "Dear World" ("Qadrli Dunyo") kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimot o‘quvchilar orasida ulkan qiziqish keltirib chiqardi.
Bugungi kunda asli halablik Bana oilasi bilan Turkiyada istiqomat qilmoqda. Ta'kidlash joizki, yaqinda Al-Abdlar oilasi Turkiya fuqaroligini oldi.
Kichik suriyalik qizcha va uning onasi ijtimoiy tarmoqlardagi postlari sabab keng ommaga tanilgan. Qizcha postlarida olti yildan beri davom etib kelayotgan Suriyadagi fuqarolik urushi va u yerdagi bolalarning ahvolini yoritib kelgan.
Kitob taqdimoti Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tdi, unda Bana hamda uning onasi kitobdan parchalar o‘qib, avtograflar tarqatishdi.
To‘liq nomi "Qadrli dunyo: suriyalik qizchaning harbiy tarixi va tinchlikka chaqiriq" bo‘lgan kitob o‘quvchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi.
Ko‘p ishtirokchilar ona-bolaning kitobdan parchalar o‘qigan paytida ko‘z yoshlarini tutib tura olishmadi.
Nyu-York yuridik maktabi professori Lenni Benson kichik Banaga chuqur minnatdorchilik bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Nyu-York universiteti yuristlari va talabalari shaxsiy tashabbus asosida 700 nafar qochoq-bolaga yordam berishgan.
Bananing kitobi Simon & Schuster nashriyotida chop etildi.
Taqdimotga tashrif buyurganlar kichik yozuvchidan avtograf olish uchun navbatga turishdi.
Mavzuga oid
14:40 / 31.08.2024
Rossiyada taqiqlanganlar reyestriga beshta kitob sayti kiritildi
16:36 / 23.07.2024
Xalq ziyoli bo‘lishi uchun bolalar kitob o‘qishi kerak – hukumat bunda qanday ishtirok etadi?
12:01 / 19.07.2024
O‘zbekistonda qariyb 40 millionga yaqin kitob fondi raqamlashtiriladi
10:14 / 09.07.2024