Jamiyat | 20:25 / 05.10.2017
16107
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Dunyodagi eng qisqa 80 soniyalik reys

Great Big Story kanali Loganair aviakompaniyasi tomonidan Shotlandiyaning Westray va Papa Westray orollari o‘rtasida amalga oshirilgan dunyodagi eng qisqa - 80 soniyalik aviareys haqida syujyet tasvirga oldi. Ikki orol o‘rtasidagi masofa - atigi 2,7 kilometr. 

Loganair aviakompaniyasi 50 yildan beri mazkur yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadi. Bortdagi sakkiz o‘rindan birining bir tomonlama narxi 17 funt sterlingni tashkil qiladi. Yerga qo‘nish vaqtida yo‘lovchilarga havo kemasi kapitanining imzosi tushirilgan sertifikat beriladi. 

Orkney orollarida odam kam bo‘lgani bois ular o‘rtasida ko‘prik qurishga hojat yo‘q. Shunday ekan, u yerda yashovchilarda ikki yo‘l qoladi: katerda yoki samolyotda harakatlanish.

Syujyet qahramoni, Keyt ismli musiqa o‘qituvchisi dars berish uchun arxipelagning turli orollariga borishini aytadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Loganair yo‘nalishlari avtobusda harakatlanishga o‘xshaydi. 

Orkney orollari Shotlandiyaning shimolida joylashgan. Arxipelagdagi 70dan ziyod oroldan 20 tasida odamlar yashaydi. Masalan, Papa Westray'da 100 ga yaqin kishi istiqomat qiladi.  

Mavzuga oid