JCh-2018. Germaniya muddatdan oldin jahon chempionatiga chiqdi
2018 yilgi jahon chempionati uchun saralash bosqichining C guruhida Germaniya terma jamoasi safarda Shimoliy Irlandiyaga qarshi maydonga tushdi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 1:3 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi.
O‘yinning 2-daqiqasida Rudi mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 21-daqiqada Vagner oradagi farqni oshirdi. Uchrashuvning asosiy daqiqasi tugashiga 4 daqiqada qolganida Kimmix hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Biroq o‘yinga qo‘shib berilgan vaqtda Majyennis mezbonlarning yagona goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa, Germaniya terma jamoasi 9ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, 27 ochko bilan muddatdan oldin jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Guruhning yana bir uchrashuvida Norvegiya terma jamoasi San-Marino maydoniga safar qilib, mezbonlar darvozasiga javobsiz 8ta gol kiritdi.
C guruhi
Shimoliy Irlandiya – Germaniya 1:3 (0:2, 1:1)
Gollar: 0:1 – 2 Rudi, 0:2 – 21 Vagner, 0:3 – 86 Kimmix, 1:3 – 90 Majyennis.
Shimoliy Irlandiya – Makgovern, Makoli, Evans, Xodson (Dallas, 46), Maklaflin, Evans (Sevill, 80), Brant, Norvud, Devis, Laferti (Uoshington, 69), Majyennis.
Germaniya – ter Stegen, Xummels, Boateng, Plattenxardt, Draksler (Sane, 72), Kimmix, Kroos, Rudi, Gorettska (Jan, 66), Vagner, Myuller (Shtindl, 83).
San-Marino – Norvegiya 0:8 (0:4, 0:4)
Gollar: 0:1 – 8 Xenriksen, 0:2 – 14, penalti King, 0:3 – 17 King, 0:4 – 39 Elyunussi, 0:5 – 48 Elyunussi, 0:6 – 58 Selnes, 0:7 – 68 Elyunussi, 0:8 – 86 Linnes.
San-Marino – Simonchini, Chervellini (Rinaldi, 80), Simonchini, Chevoli, Palatstsi, Battistini, Gasperoni, Grandoni, Brolli, Bernardi (Tomassini, 89), Berardi (Bonini, 67).
Norvegiya – Yarsteyn, Valsvik, Meling, Svensson, Linnes, Elyunussi (Elyunussi, 71), Berge (Selnes, 46), Xenriksen, Nordtveyt, King (Toft-Soderlund, 62), Serlot.
Ogohlantirishlar: Chervellini (48), Gasperoni (50), Simonchini (57), Chevoli (90).
Mavzuga oid
20:47 / 21.09.2024
Norvegiyadan Ispaniyaga uchgan samolyot sichqon sabab avariyaviy qo‘nishni amalga oshirdi
21:51 / 18.09.2024
Norvegiya elektromobillar soni benzinli avtomobillardan oshib ketgan birinchi davlatga aylandi
23:03 / 14.09.2024
Norvegiya valiahd malikasining o‘g‘li hibsga olindi
02:07 / 12.09.2024