Jahon | 12:17 / 07.10.2017
126364
2 daqiqa o‘qiladi

Atamboyev Nazarboyevni keskin tanqid qildi

Foto: President.kg

Qozog‘istonda Bakiyevni yaxshi ko‘rishadi. Bu haqda 2017 yil 7 oktabr kuni Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev aytib o‘tdi.

"Men Qozog‘iston hukumati bizga o‘z qarashlarini nima uchun o‘tkazishni istayotganini tushunaman. Ular Bakiyevni yaxshi ko‘radilar. Bakiyevlar Qozog‘istonda haligacha bayram kunlarini nishonlashadi. Men hatto Qozog‘istondagi eng yuqori mansabli shaxslardan Bakiyevlar odamlarni o‘qqa tutib, to‘g‘ri ish qilgani haqidagi gaplarni eshitdim. Sababi biz qozoq xalqiga yomon namuna bo‘lmoqdamiz. Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonning yalpi ichki mahsuloti Qirg‘izistonga qaraganda 8 barobar ko‘p ekanini aytib, to‘g‘ri gapirdi. Qozog‘istonning daromadlardagi o‘rtacha yalpi mahsuloti Qirg‘izistondan 10 barobarga ortiqdir. Nega unda Qozog‘istonda pensiyalar bu qadar yuqori emas va tariflar 5 barobarga qimmat? Chunki Qozog‘iston hukumati o‘g‘irlamoqda. Biz ham yomon misol bo‘lmoqdamiz, Atamboyev yomon misoldir ", - dedi A.Atamboyev. 

"Nazarboyevning bizga yosh prezident kelishi kerakligi haqidagi so‘zlarini qo‘llab-quvvatlayman. Biroq, bizdagi eng yoshi katta nomzod ham Nazarboyevdan 20 yoshga kichikdir. Men esa – 16 yoshga. Va kim yosh prezidentga muhtoj? Bizmi yoki Qozog‘iston? Qozoqlar bizning birodarlarimiz, biz tarixni bilamiz. Qozoqlar – bu 500 yil oldin Chingizxon avlodidagi sultonni tayinlagan biz, hamda haligacha ularni qozoqlar emas, balki chingizlar boshqarib turgandek tuyuladi ", - dedi A. Atamboyev. 

Mavzuga oid