Jahon | 10:11 / 07.10.2017
15787
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy osmonida meteorning kuchli portlashi kuzatildi

Xitoyning janubi-sharqidagi Yunnan viloyatida joylashgan Shangri-La okrugi osmonida ulkan olovli meteor kuzatildi. 

Meteor tungi osmonni 5 soniyacha yoritib turgan. Guvohlar tomondan tasvirga olingan videoda uchta chaqnashni yaqqol ko‘rish mumkin. Ma'lum qilinishicha, meteorlar Shangri-Ladan 25 mil uzoqlikda bo‘lgan kichik qishloq hududiga tushgan bo‘lishi mumkin.

Xitoy fanlar akademiyasining Yunnan observatoriyasi mutaxassisi Chjan Sinsyanning aytishicha, osmonda paydo bo‘lgan g‘ayritabiiy jismlar bolidlar bo‘lishi mumkin. Bolidlar – yorug‘ligi oyning yorug‘iga qiyoslanishi mumkin bo‘lgan o‘ta yorqin meteorlardir. Ularning yerga tushishi ba'zida portlash bilan kechadi.  

Portlash NASA mutaxassislari tomondan ham qayd qilingan. Ularning ma'lumotlariga ko‘ra, meteor 0,54 kilotonna energiya hosil qilgan, bu esa 540 tonna trotil portlashiga tengkuchlidir.

Mavzuga oid