Jahon | 20:30 / 08.10.2017
12094
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva viloyatidagi qurilish bozorida yirik yong‘in chiqdi

Foto: Aleksey Filippov / RIA Novosti

Moskva avtomobil halqa yo‘lining 65-kilometri atrofida, Strogino tumani yaqinida "Sindika" qurilish markazining yer osti avtoturargohida yirik yong‘in chiqdi. Bu haqda TASS axborot agentligiga favqulodda xizmatlardagi manba ma'lum qilgan. Yong‘in maydoni 55 ming kvadrat metrdan oshib ketgan.  

Ma'lum qilinishicha, yuqori haroratlar oqibatida avtoturargohdagi avtomobillar portlay boshlagan. 

Yong‘in guvohlari ham ijtimoiy tarmoqlarda vaqti-vaqti bilan gumbirlash ovozlari eshitilayotganini ma'lum qilishgan.

Ta'kidlanishicha, markaz binosining qulab tushishi xavfi bor. Binodan barcha odamlar olib chiqib ketilgan. Bozorga o‘z mulkini saqlab qolish uchun kirmoqchi bo‘lganlar politsiyachilar tomondan ichkariga qo‘yilmayapti.

Yong‘in kunduz kuni boshlangan. Uni o‘chirishga 25 ta o‘t o‘chirish brigadasi, ikkita Ka-32 vertolyoti jalb qilingan. Yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Mavzuga oid