O‘zbekistonlik bokschilar Qozog‘istondagi turnirda birinchi o‘rinni egallashdi
4-7 oktabr kunlari mobaynida Qozog‘istonning Aktau shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha xalqaro turnir o‘z yakuniga yetdi.
O‘zbekiston jamoasi turnirga 10 nafar bokschi bilan yo‘l olgandi. Ularning 9 nafari yarim finalga yetib bordi. 7 oktabr kungi final uchrashuvlarida o‘zbekistonlik 6 nafar bokschi oltin medallar uchun ringga chiqishdi.
Final janglarida O‘zbekistonning 4 nafar vakili g‘olib chiqdi. Bular - Elnur Abduraimov (64 kg), Mahmud Gaipov (69 kg), Isroil Madrimov (75 kg) va Bahodir Jalolov (+91 kg).
Mironshoh Ibrohimov (49 kg), Murodjon Axmadaliyev (60 kg) va Sanjar Tursunov (91 kg) bronza medallari bilan kifoyalangan bo‘lsa, Otabek Xolmatov (56 kg) hamda Madiyar Saidrahimov (81 kg) finalda yutqazib, kumush medal olishdi.
Shu tariqa, o‘zbekistonlik bokschilar 4 oltin, 2 kumush va 3 bronza medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid
17:23 / 04.11.2024
O‘zbekiston – World Boxing tashkiloti a’zosiga aylandi
09:34 / 03.11.2024
Bektemir Meliqo‘ziyev og‘ir kechgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi
10:17 / 09.10.2024
Isroil Madrimovning keyingi raqibi va jang sanasi ma’lum qilindi
10:17 / 22.09.2024