Sizga foydasiga tegadigan 19ta layfxak
Yo‘qolgan itni qanday topish mumkin, pollarni yanada samarali yuvish usullari, eski smartfondan unumli foydalanish yo‘li va boshqalar - "Layfxaker" turli-tuman muammolarni hal qilishning noan'anaviy usullariga doir ma'lumotlar bilan bo‘lishdi.
1. Quritish uskunasidan samarali foydalaning
Shunchaki futbolka va ko‘ylaklarni boshqacha osing.
2. Polni yanada samarali yuving
3. Bolalar uchun chodirni qum maydonchasiga aylantiring
Yomg‘ir va ko‘chadagi jonivorlardan himoyalanish uchun yaxshi variant.
4. Suratkashga kadrga tushishga imkon bering
Buning uchun shunchaki qo‘lingizga ko‘zguni olsangiz bas.
5. Yaxshi zoom'li smartfonga oling
Buning uchun o‘zingiz bilan binokl olishingizga to‘g‘ri keladi.
6. Yo‘qolgan mayda predmetlarni toping
Polda yoki gilamda yo‘qolgan zirakni topish uchun changyutgich trubasiga paypoq kiydiring.
7. Eski smartfondan radio-enaga yasang
Buning uchun gadjyet va maxsus ilova kerak bo‘ladi, masalan, Baby Monitor. Shu tariqa kunu tun bolalar yoki jo‘jalaringizni nazorat qilish imkoniga ega bo‘lasiz.
8. Gullarning so‘lishini oldini oling
Tuproqqa solingan suv to‘ldirilgan shisha bir necha kun davomida o‘simliklarni oziqlantirishi mumkin. Buning uchun probkalarda kichik darcha ochishni unutmang.
9. Sham yoqayotib kuyib qolmang
Bunda yaxshi yonuvchi spagetti yordamga keladi.
10. Pista va yong‘oqlarni chaqayotganda estetikaga rioya qiling
Pista yoki yong‘oqlarni chaqayotganingizda po‘chog‘i betartib sochilmasligi uchun ikki xil hajmdagi idishlardan foydalaning.
11. Tosterda pishloqli buterbrod tayyorlang
Shunchaki uskunani yon tomonga ag‘daring.
12. Plastirni ishonchli o‘rang
Buning uchun uni ikki joyidan qirqing.
13. Kiyimlaringizni dazmolsiz tekislang.
Buning uchun qaynoq suv solingan cho‘mich to‘g‘ri keladi.
14. Katta batareya o‘rniga kichik batareyalardan foydalaning
Buning uchun kerakli miqdorda tangalar kerak bo‘ladi.
15. Yuklaringizni optimallashtiring
Kamar yordamida g‘ildirakli chemodanni ryukzakka mustahkamlash mumkin.
16. Gayka kalitini moslashtiring
Moslashuvchi gayka kalitingiz yo‘q bo‘lsa-yu, kichik o‘lchamdagi gaykani burash kerak bo‘lib qolsa nima qilasiz? Bunda tangalar sizni qutqarishi mumkin.
17. Stollardan stellaj yasang
Qimmatbaho oshxona stellajini xarid qilish uchun pulingiz yo‘qmi? Uni o‘zingiz to‘rt yoki olti IKEA stolidan yasab olishingiz mumkin bo‘ladi.
18. Avtomobilga plashet o‘rnating
Planshet g‘ilofini mashina ichidagi "soyabon" orqasidan o‘tkazib, yo‘lda sevimli filmingizni ko‘rib zavq oling.
19. Taomlarni tayyorlashda pulverizatordan foydalaning
Pulverizator purkagichi - oshxonada yaxshi yordamchi. Uning yordamida kerakli miqdordagi sousni purkash mumkin.
Oyoqlarga bog‘langan ikki eski sochiq pol yuvishni tezlashtiradi va oyoq izlarini qoldirmaslikka yordam beradi.
Mavzuga oid
17:59 / 30.12.2023
Qanday qilib bolani kitob o‘qishga qiziqtirish mumkin?
13:37 / 17.04.2023
Shimlarni nega to‘g‘ri chiziq qilib dazmollaymiz? Biz har kuni duch keladigan, lekin asl vazifasini bilmaydigan narsalar haqida
12:23 / 30.09.2022
Qishloq xo‘jaligi sohasida o‘quv-tajriba xo‘jaliklari tashkil etiladi
13:46 / 31.10.2021