Sport | 12:10 / 13.10.2017
47409
2 daqiqa o‘qiladi

Acqar Tolibjonov lavozimdan ozod etildi

Asqar Tolibjonov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining tarkibiy tuzilmasiga kiruvchi futbol bo‘yicha sport mahoratini oshirish Respublika oliy maktabining direktori o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar bergan.

Bungacha Asqar Tolibjonov O‘FFda vitse-prezident va birmuncha avval tugatilgan Terma jamoalar markazida direktor vazifasida ishlab kelgan edi. O‘FFning hisobot-saylov konferensiyasidan keyin esa sport mahoratini oshirish oliy maktabining direktori o‘rinbosari lavozimini egallab turgan edi. 

Hozirda maktab direktori o‘rinbosari lavozimiga yangi nomzodlar ko‘rib chiqilmoqda.

Shu bilan bir vaqtda futbol bo‘yicha sport mahoratini oshirish Respublika oliy maktabining rahbariyatida ham o‘zgarishlar amalga oshirildi. Shu paytgacha maktab direktori bo‘lib ishlab kelgan Anatoliy Klimovning o‘rniga Farhod Ortiqov tayinlandi. Ortiqov bungacha O‘zbekiston davlat jismoniya tarbiya institutida turli lavozimlarda ishlab kelgan.

Mavzuga oid