Jahon | 18:20 / 14.10.2017
44465
1 daqiqa o‘qiladi

Putin va Nazarboyev Sochidagi sammitda nimani shivirlab muhokama qilishdi? (video) 

Foto: Tengrinews

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengashi yig‘ilishi boshlanishidan avval Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning oldiga kelib, u bilan nimadir haqida suhbatlashgan. Bu holat tasvirlangan videoyozuv ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi. Shu bilan birga, yozuvda ikki davlat yetakchisi nima haqda gaplashayotgani eshitilmagan.

"Bilmayman, bunga qo‘rqish kerakmi yoki xursand bo‘lish", - deya izoh berdi Facebook’dagi o‘z sahifasida ushbu rolikni joylashtirgan foydalanuvchi Mixail Voznyuk.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Sochi shahrida MDH davlatlari yetakchilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uning doirasida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining asosiy organi bo‘lgani Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengashi yig‘ilishi ham o‘tkazildi. 

Mavzuga oid