Atamboyev Qozog‘iston MAKning saylovga kelmaganiga munosabat bildirdi
"Qozog‘iston markaziy saylov komissiyasining kuzatuvchi sifatida kelmasligi haqida o‘qib kulgim keldi. Ular bizga nimani ham o‘rgatishi mumkin?" - dedi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev davlat rahbari saylovlarida xalqaro kuzatuvchilar missiyalari rahbarlari bilan uchrashuvda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shni mamlakatda saylovdagi ishtirok 98 foizni tashkil qilmoqda, g‘olib bo‘lgan nomzod esa saylovchilarning 99 foiz ovoziga ega bo‘ladi.
Atamboyevning ta'kidlashicha, Qirg‘izistondagi saylovlar adolatli o‘tdi. "Men o‘z vaqtida deputatlik uchun uch marta nomzodimni qo‘yganman, bir marta mandat topshirib, prezidentlikka nomzodimni qo‘yganman", - dedi davlat rahbari.
"2007 yilda o‘sha vaqtdagi prezident ma'muriyatining rahbari kelib, yetti mandatni taklif qilgan. O‘shanda men unga zavod ishchisiga xos javob berganman, keyin u menga to‘qqiz mandat taklif qilgan, shunaqasi ham bo‘lgan". Almazbek Atamboyev
Ta'kidlash joizki, kuni kecha Qirg‘izistonda davlat rahbari saylovlari bo‘lib o‘tdi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, hukumat partiyasi nomzodi Sooronboy Jeenbekov yetakchilik qilmoqda.
Mavzuga oid
18:49 / 20.09.2024
Qirg‘izistonda korrupsionerlar va ularning qarindoshlariga davlat lavozimida ishlash taqiqlanadi
22:04 / 16.09.2024
Qirg‘izistondan O‘zbekistonga ot uyurini noqonuniy haydab o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi
20:33 / 14.09.2024
Vodiydagi tantana, Boysundagi mavhumlik va AES bo‘yicha yakuniy bitim - hafta dayjesti
19:03 / 14.09.2024