O‘zbekiston | 16:35 / 18.10.2017
11263
1 daqiqa o‘qiladi

Matbuot va axborot agentligi Bosh direktoriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovning 17 oktabrdagi qaroriga muvofiq Sobir Sayfiyevich Shukurov O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda «Xalq so‘zi» xabar berdi

Sobir Shukurov bunga qadar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyulida Laziz Tangriyev agentlikka yangi rahbar etib tayinlangandi.

Mavzuga oid