Xabar xato. Toshkent shahar matbuot xizmati isitish mavsumi 19 oktabrdan boshlanishini inkor etdi
Kun.uz saytida 18 oktabr kuni kechqurun soat 21:15da e'lon qilingan «Toshkentda 19 oktabrdan isitish mavsumi boshlanadi» sarlavhali xabar asossiz bo‘lib chiqdi.
Sayt xodimi Toshkent shahri matbuot xizmati bilan bog‘lanmagan holda shunday xabar bergani ma'lum bo‘ldi.
Shahar matbuot xizmati tahririyat bilan bog‘lanib, xabardagi barcha ma'lumotlarni inkor etdi.
U hozircha isitish mavsumi qachon boshlanishi ma'lum emasligini qo‘shimcha qildi.
Tahririyat asossiz xabar uchun poytaxt matbuot xizmatidan hamda o‘quvchilardan uzr so‘raydi va xatoga yo‘l qo‘ygan xodimga chora ko‘rilishini ma'lum qiladi.
Ma'lumot uchun, isitish qurilmalari yoqilishi uchun kamida besh kun qatorasiga kunduzi havo harorati +8 darajadan past bo‘lishi kerak.
Mavzuga oid
12:03 / 14.09.2024
Poytaxtda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun 732,6 mlrd so‘m ajratildi. Bu pulga nimalar qilinadi?
11:56 / 25.03.2024
26 martdan Toshkentda isitish mavsumi yakunlanadi
10:27 / 19.10.2022
Toshkentda 24 oktyabrdan ko‘p qavatli uylarni isitish boshlanadi
13:41 / 07.10.2021