Sport | 14:45 / 20.10.2017
30018
1 daqiqa o‘qiladi

Xayrulla Hamidovdan yangi loyiha

20 oktabr kuni soat 21:10 da «Sport» telekanali orqali Xayrulla Hamidov muallifligi ostida yangi ko‘rsatuv – «Shedevr» efir yuzini ko‘radi. Tribuna.uz xodimlari bilan suhbatda taniqli jurnalist yangi loyiha orqali hech qachon eskirmaydigan, nodir mavzularga qo‘l urmoqchi ekanligini ma'lum qildi.

«Shedevr»ning ilk sonida asosan futbol atalmish jozib o‘yinning nozik nuqtalari, moziyning suyukli yulduzlari va bugungi kun qo‘shqiroli haqida so‘z boradi. Ko‘rsatuv oxirida Xayrulla Hamidov barchamizni Panamaga sayohatga chorlaydi.

Futbol muxlislari «Shedevr» orqali yaqin o‘tmishning shirin damlarini eslashlari mumkin. Qisqa qilib aytganda, yigirma daqiqangiz qanday o‘tganini bilmay qolasiz. Ko‘rsatuvni o‘tkazib yubormang!

Mavzuga oid